Skip to main content

Xitoydagi xalqaro anjumanda O‘zbekiston tajribasi taqdim etildi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Abror Gadayev joriy yilning 27-noyabr-3-dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Guangdong, Jiangmen shaharlaridagi Wuyi universitetida "Atrof-muhit muhandisligi 13-milliy xalqaro anjumani"da ishtirok etdi.

 

 Anjumanda prorektor tomonidan “Climate change and sustainable operation and recharge of artesian wells in Uzbekistan” mavzusida ma’ruza o‘qildi, atrof-muhit muhandisligi ekspertlari bilan birgalikda suv muammolari, iqlim o’zgarishi va uning ta’sirini bartaraf qilishga qaratilgan muhokamalarda ishtirok etildi.

 

 Shuningdek, Jiangmen shahar hokimligi taklifiga asosan Municipal Education Bureau Peiying Senior High Schoolda Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga xorijlik talabalarni jalb qilishga qaratilgan targ’ibot ma’ruzasi o’tkazildi.

 

 Xizmat safari doirasida Xitoyning Wuyi universiteti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.