T/r |
F.I.Sh. |
Lavozim |
Vazifasi |
1. |
U.Xushvaqtov |
Koordinator |
• Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarga oid O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlariga hamda SamDAQU Kengashi qarorlari, SamDAQU rektorining buyruqlari ijrosini ta’minlash. • Universitet fakultet va kafedralarida rejalashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlarining yillik va istiqbolli rejalarini tuzish ularni bajarilishini koordinatsiya qilish. • Universitet professor-o‘qituvchilarini yaratilayotgan ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tadbiq etilish va ko‘rgazmalarga ishtirok etishini koordinatsiya qilish. • Universitetda xalqaro, respublika va mahalliy miqyosdagi ilmiy konferensiya va seminarlar o‘tkazish rejalarini ishlab chiqish va ularning yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash. • Ilmiy tadqiqot ishlari natijalariga ko‘ra monografiya, maqola va konferensiya materiallarini nashr etishni koordinatsiya qilish. • Kafedralarda “Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning innovatsion korporativ hamkorligi” sohasida olib borilayotgan ishlar monitoringini olib borish. • Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedralarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va ish yurituvchi hujjatlarning to‘g‘ri olib borilishini nazorat qilib borish; • Fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar tanlovlarida, xo‘jalik shartnomalari asosidagi tadqiqotlarda professor-o‘qituvchilarning ishtirok etish uchun fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, yetakchi professor-o‘qituvchilar va yosh olimlar bilan hamkorlikda ishlash; • O‘z faoliyatiga oid yillik ish rejasini ishlab chiqadi va ijrosi bo‘yicha hisobotlar shakllantiradi; • Ilmiy-tadqiqot faoliyatini yuritish, ilmiy, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tizimli asosda o‘tkazish, tashkillashtirish, muvofiqlashtirish hamda tahlil qilish; • Fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarining bajarilishi yuzasidan hisobotlarni jamlash, tahlil qilish va muvofiqlashtirish o‘tkazilgan tadqiqotlar va ularning natijalarini umumlashtirish Kengash muhokamasiga kiritish; • Xodimlar va tadqiqotchilarning OIFM bilan hamkorlikda WEB of Science, SCOPUS va boshqa yetakchi ilmiy bazalarda maqolalar chop etishini koordinatsiya qilish.
|
2. |
F.Qosimova |
Mutaxassis |
|
3. |
B.Norillayev |
Mutaxassis |
• Universitet professor-o‘qituvchilarini yaratilayotgan ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tadbiq etilish va ko‘rgazmalarga ishtirok etishini ta’minlash. • Ilmiy tadqiqot ishlari natijalariga ko‘ra monografiya, maqola va konferensiya materiallarini nashr qilish rejasini bajarilishini ta’minlash. • Kafedralarda “Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning innovatsion korporativ hamkorligi” sohasida olib borilayotgan ishlar monitoringini olib borish. • Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedralarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish borish; • Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarga oid O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlariga hamda SamDAQU Kengashi qarorlari, SamDAQU rektorining buyruqlari ijrosini ta’minlash. • Universitet professor-oʻqituvchilari hamda tadqiqotchilar tomondan tayyorlangan grand loyihalar, qoʻllanma, darslik, monografiya va dissertatsiyalarni orginalligi bo’yicha https://strikeplagiarism.com/uz/ dasturi orqali plagiatga tekshirish ishlari amalga oshirish. • Xodimlar va tadqiqotchilarning OIFM bilan hamkorlikda WEB of Science, SCOPUS va boshqa yetakchi ilmiy bazalarda maqolalar chop etishini tashkil qilish. • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” PQ-416-son qarorining 2-ilovasi 24,25,27,28,29-bandlarida belgilangan topshiriqlarini ijrosi muntazam ta’minlanib borildi.
|