Skip to main content

Tanqidiy yig‘ilish: 2026-yil rejalari muhokama qilindi

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Chidem Turkyilmaz boshchiligida universitet faoliyatini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida rektor tomonidan barcha mas’ullarning o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha tizimda yuzaga kelayotgan muammolar, ularning sabablari hamda samarali yechimlari atroflicha tahlil qilindi. Har bir yo‘nalish kesimida mas’uliyatni kuchaytirish va natijadorlikni oshirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, yig‘ilishda so‘zga chiqqan universitet rektorining ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi Jamol Jo‘rayev talaba-yoshlarda axborot olish va tarqatish madaniyatini yuksaltirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, universitetda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish hamda kelgusi haftadan boshlanadigan yakuniy nazoratlarni belgilangan tartibda, shaffof va sifatli o‘tkazish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida universitet profilaktika inspektorlariga aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi.