Shu kunlarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Qurilish fakultetining 1 nafar professor-o‘qituvchisi stajirovka o‘tash, 12 nafar talabasi esa akademik almashinuv dasturi doirasida L. B. Goncharov nomidagi Qozog‘iston avtomobil yo‘llari institutida (KazADI) bo‘lib turibdi.
Talabalar o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etib, KazADIdagi o‘qitish metodikasi va ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishmoqdalar. Mashg‘ulotlardan so‘ng guruh ishlab chiqarish obyektlari va zavodlarda olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda real texnologik jarayonlarni o‘rganish imkoniga ega bo'lmoqda.