Skip to main content

Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Samarqand viloyat hokimligi, Samarqand viloyat yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi hamkorligida

2022 yil 3 iyun kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi.

 Festival doirasida:

-  Amaliy san’at ko‘rgazmalari;

-  Iqtidorli talabalarning ijodiy ko‘rgazmalari;

-  “Maroqandlik bojalar” QVZ terma jamoasining chiqishlari;

-  “Ulug‘bek yulduzlari” vokal ansamblining chiqishlari;

-  Zamonaviy AKT bo‘yicha ko‘rgazma;

-  “Zakovat” intellektual o‘yini;

-  “Zukko kitobxon” intellektual o‘yini;

-  Sport musobaqalari (stol tennisi, shaxmat-shashka, arqon tortish, tosh ko‘tarish, voleybol va armrestling);

 Festivalning ochilish marosimi hamda tadbirlar soat 10:00 da boshlanadi.

 Shuningdek shu kunning o‘zida soat 14:00 da konsert dasturi va loyihalar g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tadi.

 Hurmatli institut yoshlari, festivalda faol ishtirok eting!