Respublika oliy ta’lim muassasalari tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo’lib, bevosita oliy ta’lim muassasalari tarkibiga kiradi.
Bo’limning asosiy vazifasi OTM talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o’rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, OTMni ichki attestatsiyadan o’tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo’yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko’rishdan iborat.