Skip to main content

Matbuot Anjumani

Joriy yilning 7 iyun kuni Samarqand shahar yoshlar markazi binosida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori Chidem Janbay Turkyilmaz hamda institut ma’muriyati ishtirokida “Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyatini yanada kengaytirish, bunda bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ham ishtirok etdi. Shuningdek oliy ta’lim muassasasida kelajakda tizimda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.