2020 yil 24 yanvar juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari

 

Axborot soati:Yuklab olish uchun 
Diniy bag'rikenglik

VATAN HIMOYACHILARI KUNI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI TASHKIL ETILGANINING 28 YILLIGI MUNOSABATI BILAN HARBIY XIZMATCHILAR VA HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARI XODIMLARIDAN BIR GURUHINI MUKOFOTLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i
http://uza.uz/oz/documents/vatan-imoyachilari-kuni-va-zbekiston-respublikasi-urolli-kuch-14-01-2020
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI A’ZOLARINI TAYINLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i
http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-oliy-mazhlisi-senati-azolarini-tayinl-18-01-2020
ELEKTR ENERGETIKASI TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA 2020 YIL UCHUN VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI​
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 yanvar kuni elektr energetikasi sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha joriy yilga asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. 
Elektr energetikasi iqtisodiy o‘sishning barqarorligini va aholi farovonligini ta’minlaydigan muhim manbadir. Bu tarmoqni modernizatsiya qilish, energiya quvvatlarini ko‘paytirish va iste’molchilarga uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.Davlatimiz rahbarining 2019 yil 1 fevraldagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tashkil etilgan edi. O‘sha yilning 27 martidagi Prezident qaroriga asosan, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati isloh qilinib, uning negizida “Issiqlik elektr stansiyalari”, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlari tashkil topdi.
O‘tgan yili mamlakatimizda 6 ta yirik loyiha doirasida jami 1076 megavatt elektr energiya quvvatlari ishga tushirildi.Joriy yilda elektr energiyasi iste’moli 71 milliard kilovatt-soatni tashkil etib, o‘tgan yilgiga nisbatan o‘rtacha 9 foizga, ya’ni, iqtisodiyot tarmoqlari talabi 10, aholiniki esa 8,5 foizga oshishi kutilmoqda. Yig‘ilishda ushbu ehtiyoj qaysi manbalar hisobidan qoplanishi, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” ijrosi muhokama qilindi.