2020 yil 17 yanvar juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari

 

Axborot soati: Yuklab olish uchun 
Ma'naviy barkamol avlod

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 yanvar kuni qurilish sohsidagi islohotlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Mamlakatimizda bunyodkorlik ko‘lami yil sayin kengaymoqda. Yangi uy-joylar, yirik zavodlar, zamonaviy infratuzilma obyektlari barpo etilmoqda. Tabiiyki, bunday katta hajmdagi ishlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish uchun malakali quruvchilar va loyihachilar, barqaror tashkilotlar kerak.Yig‘ilishda qurilish sohasidagi muammo va kamchiliklar keskin tanqid qilindi. Masalan, mamlakatimizda 22 mingga yaqin qurilish-pudrat tashkiloti bo‘lib, ularning aksariyatida ishchilar soni va kasb malakasi to‘g‘risida ma’lumot yuritilmaydi.Hududlardagi barcha qurilishlar yagona buyurtmachi xizmati tashkilotlariga topshirib qo‘yilgani ko‘rsatkichlarga salbiy ta’sir qilmoqda. Ilg‘or xorijiy tajribada qurilish xavfsizligi, sifati va natijasi nazorat qilinsa, bizda barcha kuch va resurslar jarayonni nazorat qilishga sarflanib, sifat ikkinchi o‘ringa tushib qolgan.Davlatimiz rahbari sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, uni zamonaviy asosda rivojlantirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlarni belgilab berdi.Loyiha institutlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, xorijiy tajriba asosida tenderlar o‘tkazishning aniq mezonlarini ishlab chiqish, bu borada elektron tizimni eksperiment tariqasida Toshkent shahrida joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi.Qurilish, Moliya, Adliya vazirliklari va boshqa mutasaddi tashkilotlarga joriy yil 1 iyulga qadar qurilish korxonalari faoliyatini baholash reytingini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Ushbu reytingda ishchilar soni va malakasi, bajarilgan ishlar hajmi, soliq va kreditlarning o‘z vaqtida to‘lanishi kabi mezonlar o‘z aksini topadi.